Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumidagi musobaqada qatnashgan yetti nafar o‘zbekistonlik dzyudochilar kumush va bronza medaliga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
+100 kg vazn toifasida kurashgan Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun bellashuvda finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqib, bronza medaliga ega chiqdi. U o‘z hisobiga jahon reytingi uchun 500 ochko, Parij-2024 olimpiya o‘yinlari uchun 250 reyting ochkosini yozib qo‘ydi.
1-o‘rin — Rayner Teddi (Fransiya)
2-o‘rin — Snip Jelle (Niderlandiya)
3-o‘rin — Magomedomar Magomedomarov (BAA)
3-o‘rin — Baxtiyorov Shoxruh (O‘zbekiston)
Shoxruh Baxtiyorov. Foto: Grand Slam Hungary 2022/ International Judo Federation
-66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Rahimjon Subxonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioni Xifumi Abega qarshi kurashdi. Yakunda Abe 2 vazari bahosi bilan o‘zining 3 yildan beri uzilmayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Subxonov esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Rahimjon Subxonov faoliyatida ilk bor «Katta dubulg‘a» turnirlarida medalga ega chiqdi. Bundan tashqari u jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
1-o‘rin — Xifumi Abe (Yaponiya)
2-o‘rin — Rahimjon Subxonov (O‘zbekiston)
3-o‘rin — Fliker Tal (Isroil)
3-o‘rin — Ganbold Kherlen (Mongoliya)
Rahimjon Subxonov — 2 o‘rinda. Foto: Grand Slam Hungary 2022/ International Judo Federation