15, 16 va 17 iyul kunlari Toshkentning markazida, “Tashkent City” bog‘ida navbatdagi keng ko‘lamli tadbir — “Muzzday 2022” muzqaymoq va ichimliklar festivali bo‘lib o‘tadi. Kelayotgan dam olish kunlarida chilla bo‘lishiga qaramay, bu yerda mazali, shirin va salqin bo‘ladi, asosiysi esa — yozga xos qiziqarli va quvnoq muhit yaratiladi. Tadbirda porsiyali yoki butun oilaga yetadigan frezer muzqaymog‘i, tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan djelatoni tatib ko‘rishingiz yoki yoz mavsumining oxirigacha zahira qilib qo‘yishingiz mumkin. “Muzzday 2022” muzqaymoqdan tashqari ichimliklarni ham taqdim etadi: sharbatlar, gazli ichimliklar, morslar, ays-ti va boshqalar.
Bog‘ barcha mehmonlar uchun keng ko‘lamli ko‘ngilochar dastur tayyorlamoqda. Uch kun davomida sahnada taniqli o‘zbek san’atkorlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Bog‘ hududi bo‘ylab yorqin kostyumlardagi animatorlar bolalarga quvonch ulashadi. Shuningdek, mehmonlarni qiziqarli aksiyalar, tanlov va sovg‘alar kutmoqda.
Festivalga kirish bepul. Do‘stlar, oila a’zolari va bolajonlar bilan kelib, vaqtni chog‘ o‘tkazish mumkin.
“Tashkent City” bog‘i uch kunga tadbirkorlar uchun biznes-uchrashuvlar va manfaatli bitimlar, mehmonlar uchun esa qiziqarli tadbirlar manziliga aylanadi. Dam olish kunlarida bu yerga 100 mingdan ortiq mehmonlar kelishi kutilmoqda.
“Dolce Italia”, “Gia”, “Bon!”, “Korovka iz Koryonovki”, “Mondo”, “Ice & Gold Exclusive”, “Puro”, “Pink Vanilla”, “Moscow Ice Cream” va boshqa ko‘plab brendlar “Muzzday 2022” festivalida o‘z ishtirokini tasdiqladi.
Festivalda ishtirok etish uchun quyidagi raqam orqali so‘rov qoldirishingiz mumkin: (+998) 99−005−27−97, (+998) 90−989−87−22.
Festival ishtirokchilari uchun joylar soni cheklangan.
Reklama huquqlari asosida.