O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati 12 iyul kunidan boshlab qayta tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Husan Tangriyev xabar qildi.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Sirdaryo» chegara bojxona postining «Malik» (Qozog‘iston tomonidan — «Sirdaryo») va «Oqoltin» (Qozog‘iston tomonidan — «Selinnыy») chegara bojxona punktlari faoliyati pandemiya sababli to‘xtatilgan edi.
Mazkur chegara bojxona punktlarining ish faoliyati faqat kunning yorug‘ vaqtida faoliyati olib borib, ushbu punktlar orqali yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Foto: O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi.
Sputnik agentligining Qozog‘iston SSV xabariga tayanib ma’lum qilishicha, koronavirus infetsiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya Rossiya va O‘zbekiston bilan davlat chegarasi orqali 12 ta avtomobil o‘tkazish punktlari faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, ️Rossiya bilan chegarada: «Kondibay», «Akbalshik», «Qizil Jar», «Naiza», «Jezkent», «Baitanat», «Koyanbay», «Orda», «Shagan», «Karashatau» chegara punktlari ham o‘z faoliyatini qayta boshlagan.