“A'su” ichimlik suvini ishlab chiqaradigan “RG Brands” — ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy vazifasi — iste’molchilarni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashdir. Buning uchun “RG Brands” kompaniyasi innovatsiyalarni joriy etadi va xalqaro standartlarga qat’iy rioya qiladi.
Mahsulotlarni sifati yuqori. Ularni mahalliy va xalqaro iste’molchilarga turli xil ta’m bilan bog‘liq xohishlarni qondirish uchun munosib tarzda taqdim etadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalarni yaratishda jahon yetakchilari bilan hamkorlik qilish orqali “RG Brands” ilg‘or tajriba va sifat standartlaridan foydalanadi. Ular har yili jahonga mashhur auditorlik institutlarining sertifikatlari bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish zavodi yuqori sifatli zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. “Krones”, “KHS”, “Sidel”, “Van Der Mollen”, “Berkefeld”, “Tetra Pak” kabi brendlarning uskunalari ishlab chiqarish jarayonini to‘liq avtomatlashtirishga yordam beradi.
2010 yildan buyon kompaniya “A'su” ichimlik suvini iste’molchilarga taqdim etib kelmoqda. Kompaniya ishlab chiqarayotgan suvning tarkibi va ta’miga alohida e’tibor qaratadi. Jahon tajribasiga ega bo‘lgan ekspertlar va degustatorlar suvning formulasi, ta’mi va sifatini yaxshilash ustida doimiy ish olib bormoqda. “A'su” tog‘ minerallarining noyob muvozanati bilan boyitilgan va organizm tomonidan to‘liq so‘riladi. Suvda o‘ziga xos ta’m va xushbo‘ylik beradigan tabiiy ingrediyentlar mavjud.
Kompaniya Markaziy Osiyodagi ilg‘or va zamonaviy zavodlardan biri bo‘lgan “Aksengir” markazida “A'su” ichimlik suvini ishlab chiqaradi. Butun jarayon davomida mutaxassislar mahsulot sifatini doimiy ravishda kuchli nazorat qiladilar.
Zavodda uchta turdagi oltita laboratoriya mavjud: analitik, kirish nazorati va mikrobiologik. Hammasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Laboratoriya mutaxassislari har 15 daqiqada har bir ishlab chiqarish liniyasidan bitta plastik idishli mahsulotni olib, ularni jahon oziq-ovqat mahsulotlarining standartlariga muvofiqligini tekshiradilar.
Pet-plastik idishlar ham zavod tomonidan ishlab chiqariladi. Buning uchun qo‘shni davlatlardan olib kelingan press-shakllardan foydalaniladi.
Ishlatiladigan xomashyo — ekologik toza bo‘lib, u suvning ta’mi, rangi, hidi yoki tarkibiga ta’sir qilmaydi. Barcha idishlar suv bilan to‘ldirishdan oldin sterillanadi. Plastik idishlar bir marta ishlatilgach, ikkinchi marta suv bilan to‘ldirmaydi, balki qayta ishlashga yuboriladi.
Har kuni iste’molchilarning yuqori talablarini qondirish uchun kompaniya mahsulotlari sifatini oshirishga harakat qiladi.
“RG Brands” tamoyillari yuqori korporativ mas’uliyatga asoslanadi. Kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biri — iste’molchi bilan muloqot qilishdir, chunki iste’molchi va uning farovonligi haqida g‘amho‘rlik qilish kompaniya rivojlanishining asosidir.
“RG Brands” har doim fikr-mulohazalar uchun ochiqdir. Barcha savollar uchun quyidagi ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin: 1309.
Reklama huquqlari asosida.