15 iyul kuni “Tashkent City Boulevard” da turk oshxonasi “Kyoshebashi” restoranining birinchi master-franshizasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Kyoshebashi” turk restoranining ochilishida mehmonlarni bezaklar, mashhur sa’natkorlarning chiqishlari, jonli ijro, oshpazning mazali taomlarini ta’tib ko‘rish marosimi va ajoyib shou kutmoqda.


“Kyoshebashi” kompaniyalar guruhi Yevropaning 8 ta davlatidagi 40 tagacha restoranni qamrab olgan. 1995 yildan beri brend Turkiyaning o‘ziga xos pazandalik an’anasini davom ettirib kelmoqda. Ko‘mirda pishirilgan kaboblar ko‘plab xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritdi.


Ko‘p avlodlarning oshpazlik an’anasini muvaffaqiyatli davom ettirib kelayotgan “Kyoshebashi” Toshkentdagi “Boulevard” savdo prospektida mehmonlarga ushbu qadriyatlarni taqdim etadi.


“Kyoshebashi” restorani 300 nafar mehmonga mo‘ljallangan. Restoranning ichki qismi sharqona uslubda, ochiq ranglarda bunyod etilgan bo‘lib, o‘ziga xos noyob muhitni yaratadi.

Mehmonlarni hayratlanarli shirinliklar va go‘shtli taomlarning ajoyib turlari kutmoqda.


Buyurtma berish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (+998) 95−300−70−70.

Ish vaqti: 11:00 dan 24:00 gacha.

Manzil: Shayxontohur tumani, Furqat, ko‘chasi, 1A.
Mo‘ljal: “Tashkent City”, “Boulevard”.

Instagram: @kosebasi_uzb

Reklama huquqlari asosida.