«Bizga birov ko‘rsatma berayotgani yo‘q» — Akmal Saidov umumxalq muhokamasi uzaygani haqida

Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidovning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar muhokamasining muddati oldinroq 10 kunga uzaytirilishi Nukus voqealari bilan bog‘liq emas. «Bizga birov „cho‘zgin-cho‘zmagin“ deb ko‘rsatma berayotgani yo‘q. Biz o‘zimiz hal qilyapmiz», — dedi u.

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida

Internetda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 3000−3100 so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi gaz narxi eski tarifda qolganligi sababli «metan narxi oshganiga obyektiv sabablar yo‘qligini» ma’lum qildi. Vaziyatga «O‘ztransgaz» va Soliq qo‘mitasi ham munosabat bildirdi.

24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi

Eksperiment tariqasida 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Reyting natijasiga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi faoliyati «yaxshi», Adliya vazirligi va poytaxt hokimligi faoliyati «qoniqarli», XTV, SSV, Qurilish, Moliya vazirliklariniki esa «qoniqarsiz» deb topildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana uzaytirildi

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 1 avgustga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ommaviy muhokamalar davrida loyiha bo‘yicha 85 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani aytilmoqda.

Turkmaniston bilan 19 ta hujjat imzolandi

Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat, jumladan, Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida, transport va tranzit hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini olib kirishdan manfaatdor

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida O‘zbekiston energetika sohasida, jumladan, Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Sirdaryoda Sibir yarasi bilan kasallanish holati aniqlandi

Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro Sibir yarasini (kuydirgi) yuqtirib olgani aniqlandi. Viloyat SES boshqarmasi kasallik odamdan odamga yuqmasligini aytib, hozirda epidemiologik vaziyat barqarorligi va xavotirga o‘rin yo‘qligiga ishontirmoqda.

Dam olish kunlari havo issiq va shamolli bo‘ladi

Dam olish kunlari havo harorati +36 darajadan +45 darajagacha ko‘tariladi. Shanba kuni shimoliy va cho‘l hududlarda, yakshanba kuni esa mamlakatning ayrim joylarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi, shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Xorijdan va OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun xorijdan va O‘zbekistondagi OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi. Oliy ta’lim vazirligi arizalarni onlayn yuborish uchun ikkita platforma ishga tushirilganini ma’lum qildi.

Toshkentda 5 yil ichida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi avtoturargohi tashkil etiladi

2022−2026 yillarga mo‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yo‘l» dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtab turish joyi tashkil etiladi. Shundan 10 tasini 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ikkinchi chorakda uylar narxi o‘sishi sekinlashdi. Sabablar

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik ikkinchi chorakda ham davom etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-iyun oylarida ikkilamchi ko‘chmas mulk narxlari 2 foizga, yangi binolardagi kvartiralar 2,4 foizga oshgan.

Oilaviy bog‘chalarga ham 2 yoshdan bolalarni qabul qilishga ruxsat beriladi

Prezident qarori bilan 1 sentabrdan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat bog‘chalarga ham 3 yoshga to‘lmagan bolalarni qabul qilishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi va yordamchilarning budjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

O‘zbekistondan Rossiyaga migrantlarni tashkiliy tarzda ishga yuborish 5,6 martaga qisqardi

O‘zbekistonliklarni Rossiyaga uyushgan holda ishga yollash 5,6 baravar kamaydi. Ayni vaqtda Koreya Respublikasiga oqim ko‘paygan, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Senat 1000 so‘mlik tanga chiqarilishini ma’qulladi

Senat nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan yangi tanga namunasi va dizaynini ma’qulladi. Markaziy bank uni yil oxirigacha muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu nominaldagi qog‘oz pullarning tangaga almashtirilishi haqida yil boshida xabar berilgan edi.

O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik sportchilar 16 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada 1-o‘rin Italiya, 2-o‘rin esa Hindiston vakillarga nasib etdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan fotomaterial:

Foto: Berdimuhamedov Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga bordi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrifini Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Undan so‘ng, ikki davlat yetakchilari Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoniga ham borishdi.