O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida issiq havo yana davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Mamlakat bo‘ylab havo harorati +38 … +43 daraja, janubda va cho‘l zonalaridagi ba’zi joylarda +44 …+45 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida jazirama kuchayadi, 21−23 iyul kunlari kunduzi havo +43…+45 darajagacha, shimol, janub va cho‘l zonasida ayrim joylarda +47 darajagacha isiydi. 23 iyul kuni mamlakat shimolida issiqlikning bosqichma-bosqich pasayishi boshlanadi, harorat +37 …+42 darajagacha pasayadi.
Ba’zi tumanlarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, 18−24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.