Gruziya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshvili hukumat delegatsiyasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. U rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay liniyasini tiklashni rejalashtirmoqda — Tbilisi meriyasi

Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tbilisi meriyasi Toshkent hokimiga tayanib xabar berdi. Gruziya poytaxti meri Kaxa Kaladze Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshvili tashrifi doirasida ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Andijonda qariyb yarim kilogramm «gashish»ni sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro ushlandi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida salkam 500 gramm gashishni 5 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlab, ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ularning aybi sudda isbotlansa, gumondorlar 10 yildan 20 yilgacha qamalishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonda internet ishlay boshladi, biroq oradan vaqt o‘tib yana qayta uzildi

Qoraqalpog‘istonda soat 13:45 lar atrofida internet yana ishlab ketdi, deya ma’lum qildi Nukus aholisi. Telegram-kanallar va saytlar jonlana boshladi. Iyul boshidan beri respublikada internetga kirishning imkoni bo‘lmayotgandi.

Voleybol federatsiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Voleybol federatsiyasi mansabdor shaxslari davlat budjeti mablag‘laridan 231 mln so‘mni o‘zlashtirgani, yana 75 mln so‘mni esa asossiz sarflagani aniqlandi. Ular yetkazilgan zararning 120 mln so‘mini qopladi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.

O‘zbekistonda 2,6 mlnta aholi xonadonida kadastr mavjud emas

O‘zbekistonda 2,6 mlnta aholi xonadonida kadastr hujjatlari yo‘q, shu bois ular yer solig‘ini 3 karra miqdorda to‘layapti. Prezident 1 oktabrgacha ularning ro‘yxatini shakllantirishni buyurdi. Hukumat tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish orqali kadastri yo‘q uylar masalasini uzil-kesil hal qilmoqchi.

Andijonlik fuqaro 27 nafar o‘zbek va qirg‘iz bolalarini kaltaklab, diniy ta’lim bergani aytilmoqda

Andijonlik fuqaro 2020 yildan beri 27 nafar voyaga yetmagan o‘zbek va qirg‘iz bolalarini urib, tan jarohatlari yetkazib, diniy saboq berganligi aytilmoqa. Viloyat IIB gumondorning diniy bilimi hamda dars o‘tish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini ma’lum qildi.

10 kun ichida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va hokimiyatlar ish uslubini o‘zgartiradi

Shavkat Mirziyoyev dushanba kungi videoselektorda bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytirilishi, asosiy e’tibor ijro va aholi muammolariga qaratilishini ma’lum qildi. Vazirlar Mahkamasi, vazirlar va hokimlar 10 kun ichida o‘z strukturasi va ish uslubini o‘zgartirishi shartligi ta’kidlandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov ishdan bo‘shatildi. U mazkur lavozimga 2020 yilning martida tayinlangan edi.

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida qatnashadi. Asosiy e’tibor mintaqa barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.