Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21 iyuldan tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llab, favqulodda holatni yumshatishni so‘radi. Avvalroq «Yangi O‘zbekiston» gazetasi murojaatda aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etish so‘ralgani haqida yozgandi, biroq, oradan vaqt o‘tib xabar tahrirlandi.

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari iyun oyida qariyb 180 mln dollarga oshib, 35,58 mlrd dollarga yetdi. Zaxiralarning ko‘payishi oltin narxi pasayishi fonida sodir bo‘ldi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari aniq bo‘ldi

23 — 26 iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta OTMning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Samarqanddagi to‘yda 11 kishi ovqatdan zaharlandi

Dushanba kuni Urgutdagi to‘yxonada 56 yoshli ayol ovqatdan zaharlanib, shifoxanaga yotqizildi. Qolaversa, u bilan birga yana 10 kishi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Ularning barchasiga «ovqat toksikoinfeksiyasi» tashxisi qo‘yildi. Urgut tumani prokuraturasi vaziyatni o‘rganmoqda.

Jazirama tufayli metro poyezdlari tezligi pasaytirildi

Toshkent metropolitenining yer usti uchastkalarida relslar 65 darajagacha qizigani sababli chorshanba kuni poyezdlar tezligi 25 km/soatgacha pasaytirildi. Poyezdlar harakat jadvalini me’yorda saqlash maqsadida «Chilonzor» yo‘nalishining yer osti yo‘li qismida poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.

Jazirama kunlarda «tez yordam»ga 130 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi

Jazirama issiq kunlar boshlangan 17 iyuldan 20 iyulga qadar tez tibbiy yordam xizmatiga 130 mingdan ko‘proq chaqirik kelib tushgan. Murojaatchilarning aksariyati qon bosimi ko‘tarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.

Toshkent viloyatida 26 yoshli erkak daraxtga osilgan holda topildi

Ohangaron tumanida 26 yoshli erkak yo‘l chetidagi daraxtga osilgan holda topildi. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin qismi sirtmoq bilan siqilishi sabab bo‘lgan, marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan. Prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.

Toshkentda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechmoqda — poytaxt hokimligi

Poytaxt hokimligi profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan shaharda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechayotganini ma’lum qildi. Jumladan, 6 oy davomida 10381 ta jinoyat sodir etilgan. Qolaversa, 5436 nafar fuqaro tilanchilik va 19 749 nafar fuqaro daydilikda gumonlanib, profilaktik suhbatdan o‘tkazilgan.

Toshkentda yoshlar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish juda ko‘paygan — IIBB

Poytaxtda yoshlar orasida tramadol va boshqa psixotrop moddalarni iste’mol qilish holatlari juda ko‘paygan, deya ta’kidladi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Murodilla Aliqoriyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilar asosan mamlakatga aylanma yo‘llar orqali kirib kelmoqda va «qora bozor» da sotilmoqda.

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati 47 darajagacha, Toshkentda esa 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida esa harorat pastroq bo‘ladi, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolaridan muzli sel kelishi mumkin.

Nukus yaqinida 100 dan ortiq kuchuk va mushuklarning o‘ligi topildi

«Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish jamiyati Nukusda kuchuk va mushuklarning ommaviy o‘ldirilayotgani haqida ariza kelib tushganini ma’lum qildi. O‘ldirilgan hayvonlarning og‘zi va panjalari sim bilan bog‘langan holda ekanligi aytilmoqda.

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank

O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning naqd pul xarajatlari daromaddan 1,1 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, bu yilgi farq 10 marta ortib — 11,7 trln so‘mga yetdi. MB talabni muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlashga harakat qildi, natijada naqd pulning umumiy pul hajmidagi ulushi oshib ketdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Marburg virusi xavflimi? U qanday kasallik?

JSST Ganada ikki kishi Marburg virusi alomatlari sababli vafot etganini ma’lum qildi. Bu yangi kasallik emas. Uni ko‘pincha Ebola virusining «qarindoshi» deb atashadi. Ammo u qayerdan paydo bo‘ldi? U xavflimi? «Gazeta.uz» ushbu savollarga javob beradi.