Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston va Pokiston diplomatik aloqalari 30- yilligidavlatning munosobati bilan insholar tanlovini o‘tkazmoqda. Inshoning mavzusi — «Pokistonning kashf etilishi — tinchlik, farovonlik va aloqalar zamini».

Shartlar

Tanlovda 20 yoshgacha bo‘lgan barcha O‘zbekiston talabalari qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar insho oxirida bioma’lumotni (ilova-A) to‘ldirib taqdim etishlari talab etiladi. Insho o‘zbek tilida, MS Word formatida, «Arial» shriftida, 12 satr oralig‘i bilan 1,5 o‘lchamda yozilishi lozim. Insho 3500−4000 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

Har qanday manbalardan foydalanishda havolalar insho oxirida ko‘rsatilishi kerak. Insho asl ish bo‘lishi lozim. Barcha insholar plagiatga tekshiriladi. Ko‘chirilgan insho qabul qilinmaydi. Bir nechta talaba tomonidan yozilgan insho ko‘rib chiqilmaydi. Hay’at qarorlari yakuniy bo‘ladi.

Insholar 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Insho quyidagi elektron pochta orqali topshirilishi lozim: pakistanintashkent@gmail.com

Tanlovning natijasi va sovrinlarini tarqatish marosimi 14 avgustda Pokistonning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tadi.

Sovrinlar

G‘oliblar va yuqori natijali ishtirokchilar elchi tomonidan uyushtirilgan dasturxonga va sovg‘alar sifatida smartfonlarga ega bo‘lishadi.

Qo‘shimcha sertifikatlar uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi eng yaxshi insho yozganlarga beriladi.

Ilova-A

Ism/Familiya
Otasining ismi
Yosh/Tug‘ilgan sana
Manzil
Maktab/Universitet
Ta’lim
Xobbi
Sport

Aloqa ma’lumotlari (Telefon)

Reklama huquqlari asosida.