O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi oldidan Shavkat Mirziyoyev, Qasim-Jomart Tokayev va Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyoning tinchligi va farovonligi hamjihatligimizga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistondagi sammitda Markaziy Osiyo tinchligi va barqarorligi o‘zaro hamjihatlik, mintaqa umumiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligiga bog‘liqligini ta’kidladi. Prezident iqtisodiy, ekologik va gumanitar sohalarda qator tashabbuslarni ham ilgari surdi.

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi

MB 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi — YAIM o‘sishi yiliga 5−5,5% darajasida kutilmoqda, aprel oyida prognoz 3,5−4,5%ni tashkil etdi. Inflyatsiya 12−14% koridorining quyi chegarasi yaqinida prognoz qilinmoqda. Regulyator asosiy stavkani pasaytirish qarorini tushuntirdi.

Buxoro viloyatida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni hisobotlarda orttirib ko‘rsatilgan — Senat

Senat Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘onada aholi bandligini ta’minlashga doir ishlarni tanqid qildi. Xususan, Buxoroda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bir vaqtda boshqa sohada ham qayd etilib, hisobotda raqamlar orttirib ko‘rsatilgan. O‘tgan yilgi investloyiha ma’lumotlari esa joriy yilda qayta kiritilgan.

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB

Amerika banklari 13 holatda O‘zbekistondagi kompaniyalarning to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi yoki musodara qildi. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zaxidov qaysi hollarda kompaniyalarda tranzaksiyalar bilan muammolar yuzaga kelganini so‘zlab berdi.

Toshkent shahri va viloyatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkent shahri va viloyatining ko‘plab hududlarida elektr ta’minotida nosozliklar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi bu anomal issiq tufayli transformatorlarga yuklama ortishi oqibatida yuz berayotganini ma’lum qildi. Bloger Shahnoza Soatova esa yuklamalarga yangi qurilgan uylar sabab bo‘layotganini aytmoqda.

Madaniy meros obyektini sotib yuborgan Chust tumani mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chust tumanidagi «Abdumalik» masjidi Madaniy meros inspeksiyasidan hokimiyat balansiga o‘kazilib, tadbirkorga 61 mln so‘mga sotilgani aniqlandi. Tuman hokimi qaroriga ko‘ra, obyekt tusi o‘zgartirilgan va unga 806,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Hokimiyat mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbek dzyudochilari Osiyo chempionatida yana oltita medalni qo‘lga kiritishdi

Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi

O‘zbekiston hukumati 15 iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 15 foizga tushirdi.

Adliya vaziri: Haydovchilik guvohnomasini almashtirishni elektron shaklga o‘tkazmoqchimiz

Adliya vaziri haydovchilik guvohnomasini almashtirishni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur xizmatni ko‘rsatish uchun guvohnomadagi haydovchi imzosini olib tashlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Qamchiq dovonida yoqilg‘i yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketdi, 4 kishi vafot etdi

Kechasi Toshkent-O‘sh yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketdi. Natijada yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida ikki transport vositasidagi to‘rt kishi vafot etgan. Yong‘in vaqtida ham halok bo‘lganlar bo‘lishi mumkin (yangilandi).

«Murojaatsiz pensiya tayinlash tizimini kiritmoqchimiz» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bir yil ichida yoshga doir pensiyani murojaatsiz tayinlash tizimi yaratilishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda sudlarda pensiyaga doir juda ko‘plab nizolar mavjud. «Har qanday noaniqliklar pensiya oluvchining foydasiga talqin qilinishi kerak», — dedi u.