23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev qatnashdi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimiga Tajiyev Erkaboy Aminovich tayinlandi.
U 2019 yildan bugungi kunga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Tajiyev Erkaboy 2016−2017 yillarda Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lib ham ishlagan.
U mazkur lavozimda 2020 yildan beri ishlab kelayotgan Farxad Yembergenovich Allambergenovning o‘rnini egalladi.