Toshkentda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida og‘ir atletikachi Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida 212 (95+117) kg natija ko‘rsatib, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda jami 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana 19 ta medal qo‘shildi.
Oltin:
- Sharofiddin Amriddinov — 3 ta oltin medal;
- Madina Fayzullayeva (-76 kg) — o‘smirlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlarda 3 ta oltin medal.
Kumush:
- Qudratbek Salimjonov (102 kg) — o‘smirlar o‘rtasidagi yo‘nalishlarda 3 ta kumush medal;
- Nurbol Abdurashidov (102 kg) — 3 ta kumush medal.
Bronza:
- Xushnoza Xoliqova (+81 kg) — 3 ta bronza medal;
- Qudratbek Salimjonov (102 kg) — 2 ta bronza medal;
- Madina Fayzullayeva (-76 kg) — yoshlar o‘rtasida 2 ta bronza medal.
Foto:
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi