Foto: MVD
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev lavozimidan ozod qilindi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Кириллчада
26 iyul 2022, 19:33
Siyosat
Orinbayev Amanbay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar qildi.
Bunga qadar A.Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U 2022 yil mart oyida mazkur lavozimga tayinlangan edi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling