29 iyul — 7 avgust kunlari Toshkentda Food Fest-2022 gastronomik festivali o‘tkazilishi tufayli qator yo‘llar avtotransport harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi:
- Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon ko‘chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida;
- Zarafshon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasidan va Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Javohirlal Neru ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.