Prezident 5 avgust kuni «Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev shaxmatchi bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindorlari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori haqida ma’lumot berdi.
Turnir nomi | Medal | Sportchi | Trener |
Butunjahon shaxmat olimpiadasi (2 yilda 1 marta) | Oltin | BHMning 2000 baravari (600 mln so‘m) | BHMning 1000 baravarigacha (300 mln so‘m) |
Kumush | BHMning 1000 baravari (300 mln so‘m) | BHMning 500 baravarigacha (150 mln so‘m) | |
Bronza | BHMning 500 baravari (150 mln so‘m) | BHMning 250 baravarigacha (75 mln so‘m) | |
Xalqaro shaxmat federatsiyasi tasnifiga ko‘ra jahon musobaqalari | Oltin | BHMning 300 baravari (90 mln so‘m) | BHMning 150 baravari (45 mln so‘m) |
Kumush | BHMning 150 baravari (45 mln so‘m) | BHMning 75 baravari (22,5 mln so‘m) | |
Bronza | BHMning 75 baravari (22,5 mln so‘m) | BHMning 37,5 baravari (11 mln 250 ming so‘m) | |
Xalqaro shaxmat federatsiyasi tasnifiga ko‘ra Osiyo musobaqalari | Oltin | BHMning 70 baravari (21 mln so‘m) | BHMning 35 baravari (10,5 mln so‘m) |
Kumush | BHMning 35 baravari (10,5 mln so‘m) | BHMning 17,5 baravari (5 mln 250 ming so‘m) | |
Bronza | BHMning 17,5 baravari (5 mln 250 ming so‘m) | BHMning 8,75 baravari (2 mln 625 ming so‘m) | |
Xalqaro grossmeyster maqomiga erishganda | BHMning 100 baravari — 30 mln so‘m |
* BHM — Bazaviy hisoblash miqdori 2022 yil 1 iyundan boshlab 300 ming so‘m.
Ta’kidlash joiz, BHM oshganda mukofot puli ham oshib boradi.