DTM 8 avgustdagi test natijalarini e’lon qildi

OTMga kirish uchun 8 avgust kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Ular to‘plagan ballarini to‘rt xil usulda bilib olishlari mumkin. Bundan tashqari, yomg‘ir sabab Namangandagi imtihonlar belgilangan vaqtidan kechroq boshlandi.

1 yanvardan qon donorlari uchun bir qator imtiyozlar beriladi

2023 yildan «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga 4,5 mln so‘m to‘lanadi. Ular jamoat transportidan bepul foydalanadi, sanatoriylarga navbatsiz yo‘llanma oladi. Yiliga 3 marta qon topshirganlar va ularning qarindoshlariga zarur bo‘lganda, qon bepul beriladi.

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent hokimi poytaxtni Dubaydek sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirishni orzu qilishini aytdi. Biroq, u infratuzilmaning jadal rivojlanishi sharoitida yashil maydonlarni saqlab qolish haqidagi savolga tadbir mavzusi turizmni rivojlantirish ekanligini ro‘kach qilib, javob bermadi.

Cudda Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum qilindi

Insta-bloger Asal Xodjayevaning (Asalhoney) o‘ldirilishi bo‘yicha sudlangan shaxs jinoyat tafsilotlarini so‘zlab berdi, deb xabar qildi UzReport.

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi, qolaversa, extiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Avvalroq Permdagi o‘zbeklar tashkiloti rahbari Jahongir Jalolov shunday da’vat bilan chiqqan edi.

O‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etdi

Farg‘ona NQIZning sobiq xodimi Sanobarxon Haydarova korxonaga kirish joyida o‘zini ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi. U 10 avgust kuni ertalab shifoxonada vafot etdi. Zavod ayolning voyaga yetgan farzandlarining ta’lim xarajatlarini qoplash va zarurat bo‘lsa, ishga joylashishda yordam berishini ma’lum qildi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi

2017 yildan beri Oliy sudga raislik qilgan, 13 iyulda lavozimga qayta tayinlangan Kozimjon Komilov iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini prezident maslahatchisi Baxtiyor Islamov egallashi kutilmoqda.

Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi

Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi

Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 25 avgustdan kuchga kiradi.

May oyidan boshlab Toshkentdagi uy-joylar narxida pasayish kuzatilmoqda

May oyidan beri Toshkentdagi birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi arzonlashib bormoqda, deb ma’lum qildi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. Xususan, birlamchi bozorda 1 kv.m uchun may oyidagi $943,6 narx iyulda $919,9 ga, ikkilamchi bozorda esa $891,1 dan $882,6 gacha tushgan.

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Surxondaryodagi o‘quvda rejaga ko‘ra, chegarani buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalarini muvaffaqiyatli yo‘q qildi.

Quduqlarni burg‘ilashga moratoriy e’lon qilinishi mumkin

Yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berishga moratoriy qo‘llash taklif etilmoqda. Hozirda markaziy ichimlik suvlarining 67 foizi yer osti suvlari hisobidan ta’minlansa-da, ayrim hududlarda ularning sathi o‘rtacha me’yordan 5 metr va undan ortiqqa pasaygan.

Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Novorossiysk bojxonachilari O‘zbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bu haqda bilmagan yuboruvchi umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 300 tonnaga yaqin AI-95 benzinini noqonuniy olib kirishga harakat qilindi

Qozog‘istonda boshqa yuk niqobi ostida mamlakatdan O‘zbekistonga 280 tonna AI-95 benzinini olib chiqishga urinishning oldi olindi. Xorij kompaniyasi foydasiga respublikadan jami 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lgan.