10−13 avgust kunlari Guayakilda (Ekvador) o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Oltin:
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
Kumush:
-66 kg: Azizbek Ortiqov
Bronza:
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Bu yosh toifasida hech bir jahon chempionatida bunchalik ko‘p medal qo‘lga kiritilmagan, deyiladi xabarda.