Ta’lim tashkilotlarida dars jarayonlari 5 sentabrdan boshlanadi, deb xabar bermoqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim inspeksiyasi matbuot xizmati.

Avvalroq, prezidentning 2021 yil dekabr oyidagi farmoniga asosan Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam olishi haqida yozgandik:

  • 1 sentabr (payshanba) — bayram kuni;
  • 2 sentabr (juma) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 3 sentabr (shanba) — haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, bunda 5 kunlik ishlovchilar uchun odatdagidek dam olish kuni hisoblanadi;
  • 4 sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.

Shunga ko‘ra, 5 sentabr — dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.