Vazirlar Mahkamasining 15 avgustda [446-son] «Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond bozorida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, IPO va SPO o‘tkazish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, uning muddati va amalga oshirish mexanizmlari qat’iy belgilab berildi.
Quyida keltirilgan jadvaldagi ayrim korxonalarning IPO o‘tkazishi Prezidentning alohida farmoni bilan tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, IPO (Initial Public Offering), bu — kompaniya aksiyalarining birlamchi bozorga chiqarilishidir. Ya’ni aksiyalar keng ommaga taklif etiladi.
№ t.r | Korxona nomi | IPO (SPO) o‘tkazish muddati | Amalga oshirish mexanizmi |
1 | «Qishloq qurilish bank» | 2022 yilning avgust-oktabr oyida | |
2 | «O‘zmetkombinat» | 2022 yilning IV choragi yoki 2023 yilning I choragi | |
3 | UzAuto Motors | 2022 yilning IV choragi yoki 2023 yilning I choragi | 2022 yilning avgustida boshlash rejalashtirilgan |
4 | «Agrobank» | 2023 yilning I yoki II choragi | |
5 | «O‘zbekneftegaz» | 2023 yilning fevral-mart oyida | 2022 yil oxiriga qadar |
6 | «Aloqabank» | 2023 yilning birinchi yarmida | |
7 | «Mikrokreditbank» | 2023 yilning iyunida | |
8 | Universal Sug’urta | 2023 yilning iyunida | |
9 | Alskom | 2023 yilning iyunida (SPO) | |
10 | «O‘ztemiryo‘lkonteyner» | 2023 yilning iyunida | IPO/SPO moliyaviy konsultant maslahatiga ko‘ra |
11 | «Xalq banki» | 2023 yilning II choragi | |
12 | «O‘zbekinvest» | 2023 yilning II yoki III choragi | |
13 | «O‘zbekgeofizika» | 2023 yilning II yoki III choragi | |
14 | «O‘zmilliybank» | 2023 yilning iyulida | |
15 | «O‘zagrosug‘urta» | 2023 yilning III yoki IV choragida (SPO) | |
16 | «O‘zbekiston pochtasi» | 2023 yilning martida | Moliyaviy konsultant maslahatiga ko‘ra |
17 | «O‘zavtosanoat» | 2023 yilning martida | VMning roziligi olingandan so‘ng |
18 | «Qurilishmashlizing» | 2023 yilning aprelida | Konsultantlar maslahatiga ko‘ra |
19 | «O‘ztransgaz» | 2023 yilning II choragida | Kredit reytingi olingandan so‘ng |
20 | Uzbekistan Airways | 2023 yilning iyulida | Anderrayter kelishuviga asosan |
21 | «Dori-Darmon» | SPO bo‘yicha VM tomonidan taklif qabul qilingandan so‘ng |
Avvalroq, «Toshkent» Respublika fond birjasiga Gruziya fuqarosi Giorgiy Paresishvilini boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanganlini haqida xabar berilgan edi.
Uning asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlariga IPO va SPO o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.