17−20 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida MMA (aralash jang san’atlari) bo‘yicha 12−13, 14−15 va 16−17 yoshli sportchilar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 13 ta, shundan — 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Taqdirlangan 16−17 yoshli sportchilar:
Oltin:
Anvarjon Hasanov;
Amirxon Ziyodinov;
Nurulloxon Abdullayev.
Bronza:
Nozimjon Sotvoldiyev.
Taqdirlangan 14−15 yoshli sportchilar:
Oltin:
Muhammadali Xodjimiyarov;
Abdullaziz Abdusattorov.
Kumush:
Hojiakbar Nosirjonov.
Bronza:
Ibrohimjon Botirov;
Mirjalol Mirsaidov.
Taqdirlangan 12−13 yoshli sportchilar:
Kumush:
Behruzbek Ravshanov.
Bronza:
Mexrojbek Toshpo‘latov;
Behruzbek Bahromov;
Bahodir Sobirjonov.
Musobaqada 42 ta davlatdan 479 nafar sportchi ishtirok etdi.