Numbeo onlayn ma’lumot bazasi tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston sof ish haqi reytingida 3 pog‘ona yuqorilab, 106 da davlat ichida 96-o‘rinni egalladi.

Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha sof oylik daromad 278,7 dollar yoki 3 mln 38 ming so‘mni tashkil qildi. Bu MDH davlatlari ichida eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

MDH davlatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichlar Rossiya (846 dollar), Belarus (481 dollar) va Qozog‘iston (419 dollar) mamlakatlarida qayd etildi.

Qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston $409,3 bilan 78-o‘rinni egallamoqda. Kuchli uchlikda Shvetsariya (5988,7 dollar), Singapur (4247,7 dollar) va Avstraliya (4143,3 dollar) kabi davlatlar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, 1 iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshirilib, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 920 ming so‘m miqdorida belgilangan edi.