2022−2023 o‘quv yilida Kundalik uchun yillik obuna to‘lovi 8000 so‘mga tushiriladi. Foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun ikkita tarif rejalari taqdim etiladi: Kundalik va PRO Kundalik.

Kundalik narxi 1 sentabrdan boshlab yiliga 8000 so‘mga tushiriladi. Mazkur summa uchun kundalik.com veb-saytida elektron kundalik bilan ishlash yoki Kundalik.Family mobil ilovasi orqali uning kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanmasdan axborot xabarlarini olish mumkin. Shu bilan birga, Kundalik uchun har bir bolaga alohida to‘lov amalga oshiriladi.

PRO Kundalik talqini narxi yiliga 40 ming so‘m turadi. Mazkur summaga saytdagi elektron kundalikdan foydalanish hamda Kundalik.Family mobil ilovasining kengaytirilgan funksiyalari kiradi. PRO Kundalik obunasi uchun to‘lov amalga oshirilganda oilaviy foydalanish rejimi yoqiladi: maktab hayoti haqida batafsil ma’lumot olishni xohlovchi barcha qarindoshlar hamda maktab o‘quvchilari Kundalik.Family ilovasidan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi.


Shuningdek, siz PRO Kundalik paketini bir oyga PlayMarket yoki AppStore`da 0,49 AQSh dollari evaziga xarid qilishingiz mumkin. Bunda foydalanuvchi ilovaning veb-versiyasi va kengaytirilgan variantlariga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ilova va saytdagi obuna narxi PlayMarket va AppStore`da xorijiy valyuta kursining konvertatsiyasi tufayli biroz farq qilishi mumkin. PlayMarket va AppStore`ga faqat Visa yoki MasterCard`dan foydalanib, telefoningiz sozlamalariga mos keladigan valyutada obunani rasmiylashtirish mumkin.

Muqobil to‘lov usullari kundalik.com saytida mavjud. Hozirda obuna uchun to‘lovni Davr Bank, Click yoki Payme to‘lov tizimlari orqali, shuningdek Davr mobile, Click Evolution, Payme mobil ilovalarida Kundalik ID dan foydalangan holda to‘lash mumkin.

To‘lov bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.