Vetnamda o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Kadetlar toifasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonliklar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangiladi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin:
-37 kg: Valeriya Xegay
-45 kg: Behruz Salimov
+65 kg: Javohir Hidoyatov
Kumush:
-65 kg: Ahadjon Muxtorov
Bronza:
-44 kg: Mubina Babasaidova
-55 kg: Aminaxon Kamalova