Tojikiston chegaralarida koronavirus cheklovlari qayta joriy etildi, deya «Xovar» axborot agentligi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Bu qaror boshqa mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish darajasining ortishi munosabati bilan respublika shtabi tomonidan qabul qilindi.

«Cheklovlar vaqtinchalik», — deya qo‘shimcha qildi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

Iyul oyi boshida respublikaga tashrif buyurayotgan barcha shaxslarning haroratini o‘lchash boshlangandi. Yuqori harorati bo‘lganlardan PZR testini o‘tkazish so‘ralgan.

«Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan buyon mamlakatda birorta ham COVID-19 holati qayd etilmagan. Shu bilan birga, mahalliy aholining qariyb 90 foizi infeksiyaga qarshi emlangan», — deyiladi agentlik xabarida.

Shuningdek, boshqa viloyatlarning rasmiylari ham koronavirusga qarshi cheklovlar joriy qilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani kesib o‘tishda emlash bo‘yicha hujjat va PZR testi talablarini bekor qilgan edi, Qirg‘iziston esa may oyida buni yo‘lga qo‘ygandi. Rossiya iyul oyida chegarani kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi, ammo Belarus fuqarolaridan tashqari barcha kirganlar uchun PZR testini taqdim etish talabi saqlanib qoldi.