Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 550 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi. Bunda eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga jo‘natilgan.
5 oylik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston — 447,3 ming tonna;
- Rossiya — 253,5 ming tonna;
- Qirg‘iz R. — 93,3 ming tonna;
- Xitoy — 56 ming tonna;
- Afg‘oniston — 23,2 ming tonna;
- Belarus R. — 16,6 ming tonna;
- Tojikiston — 12,4 ming tonna;
- Pokiston — 8,9 ming tonna;
- Eron — 8,2 ming tonna;
- Turkiya — 8 ming tonna;
- Ukraina — 5,3 ming tonna;
- Gruziya — 5,2 ming tonna;
- Ozarbayjon — 4,3 ming tonna;
- BAA — 3,3 ming tonna;
- Germaniya — 1,7 ming tonna.
Bundan tashqari, Statistika qo‘mitasi joriy yilning 7 oyi davomida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar ro‘yxatini ham ma’lum qildi.
Eksport hududlar kesimida:
- Farg‘ona viloyati — 165,8 ming tonna;
- Samarqand viloyati — 106,1 ming tonna;
- Toshkent viloyati — 101,9 ming tonna;
- Xorazm viloyati — 93,5 ming tonna;
- Toshkent shahri — 91,5 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati — 84,9 ming tonna;
- Andijon viloyati — 67,5 ming tonna;
- Jizzax viloyati — 64,3 ming tonna;
- Namangan viloyati — 61 ming tonna;
- Buxoro viloyati — 51,9 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati — 30,2 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati — 22,6 ming tonna;
- Qoraqalpog‘iston R. — 17,5 ming tonna;
- Navoiy viloyati — 8,1 tonna eksportni amalga oshirgan.