Parkwood turar-joy majmuasi Toshkentning markazida, Mironshoh ko‘chasida joylashgan. Mo‘ljal — Rossiya elchixonasi, Makro supermarketi.
18 foizli chegirma bilan birga, kompaniya xaridorlarga 2022 yil oxirigacha foizsiz muddatli to‘lov rejasini taklif etiladi.
Hozir maydoni 42 dan 147 kv. metrgacha bo‘lgan kvartira variantlari mavjud.
Parkwood`ning bo‘lajak rezidenti quyidagi shartlarga ega bo‘ladi:
- majmua shahar markazida asosiy yo‘ldan ikkinchi liniyada sokin va changsiz joyda joylashgan;
- maydoni 8000 kv. metr bo‘lgan va yerdan 4 metr balandlikda joylashgan shaxsiy hovli;
- 400 ta avtomobilga mo‘ljallangan ikki qavatli avtoturargoh;
- har bir kirishda ikkitadan lift;
- har bir xonadonda katta oynalar va manzarali balkon mavjud;
- quruvchi kompaniya hisobidan pardozlashdan oldingi ishlar bajarilgan va to‘siqlar qurilgan;
- har bir xonadonda markaziy konditsioner tizimi;
- har bir uyda maydoni 60 kv. metr bo‘lgan kirish qismi;
- quruvchi kompaniyadan ta’mirlash ishlarga buyurtma berish imkoniyati.
Qurilish jarayoni nihoyasiga yetmoqda. Kvartiralarning bo‘lajak egalari 2022 yilda ko‘chib kirish uchun kvartiralarni ta’mirlashni boshlashlari mumkin.
Bugungi kunda birinchi ikki — C va D bloklarda liftlarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.
Savdo bo‘limi ofisining manzili: Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi.
Mo‘ljal: Mirobod bozori, Makro supermarketi, Erkatoy do‘koni va Rossiya elchixonasi.
Instagram: @novastroyuz
Telegram: t.me/NovastroyUz
Sayt: novastroy.uz
Onlayn-yondashuv: taplink.cc/novastroyuz
Reklama huquqlari asosida.