O‘zgidromet markazi hafta davomida — 29 avgustdan 4 sentabrgacha bo‘lgan davrda ob-havoning o‘zgarishi kutilmasligini ma’lum qildi.

Haftaning birinchi yarmida va bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati haftaning birinchi yarmida +33…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Bayram kunlari +33…+37 darajagacha biroz issiqroq bo‘ladi. Kechalari va ertalabki soatlarda +13…+18 daraja atrofida bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi.