O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo kuzatiladi. O‘zgidromet bu kuz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan biroz iliqroq bo‘lishini ma’lum qildi.

Haftaning birinchi yarmida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari +34…+39 daraja atrofida bo‘ladi.

Payshanba kunidan boshlab mamlakat hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari +13…+18 darajagacha, kunduz kunlari +30…+35 darajagacha biroz pasayadi.

7−9 sentabr kunlari faqat Qoraqalpog‘iston tumanlari bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

6 sentabr kuni shimolda, 7−8 sentabr kunlari respublikaning cho‘l hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Avvalroq, 5 sentabr kuni 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatiladi, seshanba kuniga kelib bo‘ron ta’siri kamaya boshlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.