Moliya dunyosi hamyondan «chiqib», raqamli bo‘lganiga ancha bo‘ldi. A-Pay`da pul elektron shaklda saqlanadi, elektron hamyonni ochish hamda qulay va foyda bilan to‘lashni boshlash uchun bir necha daqiqa vaqt ketadi.

Shuningdek, ilova orqali siz universal A-Pay kartasiga buyurtma berishingiz va unga bank kartalarini bog‘lashingiz mumkin.


A-Pay kartasiga buyurtma berish, uni chiqarish, yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish — bepul.

A-Pay bu — nafaqat jismoniy shaxslar uchun internet, mobil aloqa, jarimalarni to‘lash va do‘konlarda xaridlar qilish mumkin bo‘lgan to‘lov tizimi, balki tadbirkorlar ham foydalanishlari mumkin bo‘lgan biznesni rivojlantirish vositasidir.

Servis mahsulotlarining maqsadi — pul to‘lash, yig‘ish, o‘tkazishda va ular bilan yangicha munosabatda bo‘lishga yordam berish orqali odamlar hayotini oson va qulayroq qilish.


Foydalanuvchilarning pullari elektron hamyonda saqlanadi: o‘zbek so‘mlari darhol elektron analog — APS`ga aylantiriladi (1 APS = 1 so‘m). Hamyonni ilova bilan bog‘langan bank kartalaridan, kelajakda esa A-Pay Agentlari yordamida to‘ldirish mumkin.

Ilova bo‘yicha O‘zbekistonning istalgan joyiga o‘tkazmalar xavfsiz va komissiyasiz, ilova orqali elektron hamyondan to‘lovlar esa hamkorlar savdo nuqtalarida 2 foizdan boshlanadigan kafolatlangan keshbek bilan amalga oshiriladi.

Qulay to‘lov usullari va pulni xavfsiz saqlashdan tashqari, servis barcha foydalanuvchilarga bonuslar toplashga va ularni ilova bo‘yicha maxsus A-Pay «Peshtaxtasida» mavjud bo‘lgan gadjetlar yoki dizaynerlik merchlarga qulay narxlarda ayirboshlash imkonini beradi.


Bonuslar

Ro‘yxatdan o‘tiganingizda APS quyidagi bonuslarni taqdim etadi:

  • identifikatsiyadan o‘tgandan keyin — 50 ming APS;
  • taklif etgan har bir do‘stingiz uchun — 10 ming APS;
  • foydalanuvchining do‘stlari ham bonuslarga ega bo‘lishadi: har biri — 500 APS`dan.

Shuningdek, ilovadagi haftalik vazifalarni bajarganingiz uchun ham bonuslar olishingiz mumkin: kommunal xizmatlar, mobil aloqa va internetga to‘laganingiz, bank kartalarini bog‘laganingiz va elektron hamyonni to‘ldirganingiz uchun bonusli APS`larni qo‘lga kiritasiz.

A-Pay biznes ilovasi bu — elektron platforma. Unda bepul ro‘yxatdan o‘tish, bepul reklama maydonlari va targ‘ibot, hafta davomida 7 kun, kuniga 24 soat faoliyat olib boruvchi texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud.

Uch xil tarifdan birini tanlashingiz mumkin bo‘lgan biznesni rivojlantirish va kengaytirishning yangi samarali vositasi tort xil to‘lov usuliga ega:

  • sotuvchi yoki xaridorning QR-kodi orqali;
  • joylarda to‘lov;
  • hisobni taqdim etish;
  • A-Pay universal kartasi: bog‘langan kartalar yoki elektron hamyon orqali to‘lovni amalga oshirish.

Barcha shaxsiy ma’lumotlar, shuningdek, elektron hamyonlardagi mablag‘lar, pul o‘tkazmalari va A-Pay orqali amalga oshirilgan to‘lovlar, ishonchli va sifatli shifrlash usullari bilan xakerlik hujumlaridan maksimal darajada himoya qilingan.

Ilova Google Play platformasida mavjud.

Hamkorlik uchun telefon: (+998) 55−500−11−10.

E-mail: info@a-pay.uz
Sayt: a-pay.uz
Facebook: fb.com/A-Pay
Telegram: t.me/Apaymanuz

Reklama huquqlari asosida.