Davlat qanday qilib rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olmoqchi?

avlat xizmatini rivojlantirish agentligi 2500 nafar davlat xizmatchisi orasidan saralangan nomzodlarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritdi. Ular uchun vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijda stajirovka ham tashkil etiladi. Davlat shu orqali rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olishni ko‘zlayapti.

Oliy sud Guljahon Yo‘ldoshevaning ishini apellyatsiyada takroran ko‘rish uchun qaytarib yubordi

Oliy sud Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva kiritgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda sudlov hay’ati JPKning 6 ta moddasi talablarini buzgan deb topdi. Ish apellyatsiyada takroran ko‘rib chiqish uchun Toshkent viloyat sudiga qaytarildi.

«Ta’lim sifatining aks-sadosi desak ham bo‘ladi». XTV vakili darsliklardagi xatolar haqida

XTV rahbarining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev maktab darsliklarida uchrayotgan xatolarni «ta’lim sifatining aks-sadosi» deya atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xatolar bugun paydo bo‘lib qolmagan, ular 5−10 yil oldingi kitoblarda ham bor. Xatolar borligi tasdiqlansa ma’sullarga chora ko‘rilishi aytildi.

O‘zbekiston prezidenti missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi. Prezident Deniyel Rozenblyumning O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini qayd etdi.

Super-kontraktda o‘qish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Xususan, beshala yo‘nalishga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar birinchi yo‘nalishni tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Hukumat budjet taqchilligi chegarasiga moslasha olmayapti

Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, budjet taqchilligi YAIMga nisbatan 3,7% yoki 14,4 trln so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi moliya vaziri Timur Ishmetov. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan chegaradan yuqori. Iyulda hukumat parlamentdan taqchillik chegarasini oshirishni so‘rashni rejalashtirgandi.

Ijtimoiy soha obyektlarida 19 mingga yaqin zamonaviy chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi

O‘zbekistonda 2023−2024 yillarda ijtimoiy soha obyektlarida 19 mingga yaqin zamonaviy ko‘rinishdagi chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi. Bunda jihozlash ishlari mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va vazirliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston sanoat mulkini muhofaza qilishda Ozarbayjon bilan hamkorlik qiladi

rezident tomonidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘trasida sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha bitim imzolandi. Ikki davlat rahbarlari bu bo‘yicha 21 iyun kuni Toshkentda deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolagandi.

O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi

Markaziy bank tomonidan «ExMoney», «AIST» hamda «PAYNET WALLET» elektron pullar tizimlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu orqali O‘zbekistondagi elektron pul tizimlari soni 15 taga yetdi.

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarni aholiga ochiqlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning «Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risida»gi nizomi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qanday oladi?

Toshkent shahar transport boshqarmasi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qayerdan va qay tartibda olishlari borasida ma’lumot berdi. Buning uchun Davlat soliq inspeksiya hududiy bo‘limlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Taksi haydovchisi yiliga jami 600 ming so‘m sarflaydi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi

Senatning 32-yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi, pensiya ta’minoti, elektron tijoratga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjetining birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan VM hisoboti hamda tashqi ishlar vazirining axboroti eshitiladi.

PMTI asosiy iste’mol tovarlari narxining o‘zgarishi aholi farovonligiga qanday ta’sir ko‘rsatganini tahlil qildi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliga ko‘ra, aholi daromadlari dinamikasi benzin, propan, go‘sht kabi mahsulotlar narxiga nisbatan sekin o‘sganligi qayd etildi.

Surxondaryo hokimligi To‘ra Bobolovning navbatdagi audiosiga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster vakilini qo‘pol ravishda haqorat qilayotgani aks etgan navbatdagi audiosi tarqaldi. Hokimlik audioning ayrim joylari montaj qilinganini aytib, muloqot tafsilotlarini ochiqladi.

Toshkent viloyatida fuqaro va bank xodimlari 2 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida xususiy korxonalarni norasmiy boshqarib kelgan shaxs va tijorat banki xodimlari 2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan ikkita modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda mast erkak o‘zi bilan birga ishlagan ayol tomonidan pichoqlandi

Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyida ishlovchi ayol o‘zaro janjal oqibatida mast holatdagi hamkasbini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.

Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni ikki barobarga ko‘paydi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni 420 mingga yaqinni tashkil qildi. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,07 baravar ko‘p. Migratsiya tufayli Rossiyaning doimiy aholi soni 96 737 kishiga kamaygan.

Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in chiqdi

Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oshxona qismidan boshlangan. Alanga tezda o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Kitoblar bepul beriladi va o‘quvchining mulki bo‘lib qoladi». Xorijda maktab darsliklari qay tartibda taqdim etiladi?

«Gazeta.uz» muxbiri dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va farzandi o‘sha yerdagi maktabda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashib, darsliklarni berish tartibi haqida so‘radi. Ularning ko‘pchiligi kitoblar bepulligi va ular o‘quvchida umrbod qolishini aytmoqda, ayrim joylarda xatto kompyutergacha beriladi.

«U aniq o‘lmoqchi emas edi». Blogerlarning taniqli himoyachisi, advokat Umid Davlatov vafot etdi

Blogerlar ishtirokidagi shov-shuvli ishlari bilan tanilgan advokat Umidbek Davlatov 42 yoshida vafot etdi. U 1 sentabr kuni uydan boshidagi og‘riqdan shikoyat qilib chiqqan va tez yordam mashinasida — taxminan yurak xurujidan vafot etgan. «Gazeta.uz» uning hamkasblari va ukasi bilan gaplashdi.