«ExMoney» elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tizimining elektron pullarini emitent sifatida «Trastbank» XAB ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Tizim operatori «O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi» hisoblanadi.
Bundan tashqari, «AIST» hamda «PAYNET WALLET» kabi tizimlar ham reyestrga qo‘shilganligi ma’lum bo‘ldi.
Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritish va elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berish «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 3231) asosan amalga oshiriladi.
Hozirga kelib, O‘zbekistondagi elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi.
Elektron pullar tizimlari reyestri | ||||
№ t/r | Elektron pullar tizimi nomi | Operator nomi | Emitent nomi | Elektron pullar chiqarish bo‘yicha faoliyati boshlangan sana |
1. | «OSON» | "BRIO GROUP" MCHJ | «Turkiston» XATB | 16.06.2020 y. |
2. | «E-CARD» | "INSPIRED" MCHJ | ATB «Universal bank» | 21.08.2020 y. |
3. | «CLICK» | "CLICK" MCHJ | «Agrobank» ATB | 21.08.2020 y. |
4. | «WOOPPAY» | "WOOPPAY UZ" MCHJ | «Kapitalbank» ATB | 02.11.2020 y. |
5. | «alif.mobi» | "ALIF TECH" MCHJ | AT «Aloqabank» | 02.11.2020 y. |
6. | «Interpay» | "Interpay sys" MCHJ | «Kapitalbank» ATB | 28.07.2021 y. |
7. | «A-pay» | "CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION" MCHJ | «Bank Apelsin» AJ | 01.07.2022 y. |
8. | «QIWI Uzbekistan» | «Payment Aggregation Systems» MCHJ | «Bank Apelsin» AJ | 11.08.2022 y. |
9. | «1HLSW» | "Genesis Innovation" MCHJ | AT «Aloqabank» | 17.11.2021 y. |
10. | «GlobalPay» | "Global Solutions" MCHJ | AT «Aloqabank» | 17.11.2021 y. |
11. | «Payway» | "Payway" MCHJ | «Bank Apelsin» AJ | 29.07.2022 y. |
12. | «Apelsin» | "Bank Apelsin" AJ | «Bank Apelsin» AJ | 29.07.2022 y. |
13. | «ExMoney» | "O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi" AJ | «Trastbank» XAB | 30.08.2022 y. |
14. | «AIST» | "Ozinterpay" MCHJ | ATB «Universal bank» | 30.08.2022 y. |
15. | «PAYNET WALLET» | «INSTANT PAYMENT SOLUTIONS» MCHJ | AT Xalq banki | 30.08.2022 y. |