Chorshanba kuni soat 17:31 da Toshkent markazidagi Shahrisabz ko‘chasida joylashgan Brasserie restoranida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:40 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 17:51 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida restoran oshxonasining taxminan 50 kv m maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 200 kv m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.