Nanaydagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 1-oktabrgacha yopildi
1 oktabrga qadar Bo‘stonliqning “Nanay” mahallasi hududiga olib boruvchi ko‘prik ta’mirlash sabab yopiladi. Ungacha tumandagi “Nanay”, “Bog‘iston”, “Boladala” mahallalariga “Burchmullo” orqali boriladi.
Кириллчада
8 sentabr 2022, 09:58
Jamiyat
Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R10 Chorbog‘ suv ombori yo‘lining 50 km dagi “Nanay” mahallasi hududiga olib boruvchi ko‘prik yopiladi.
7 sentabrdan 1 oktabrga qadar bu hudud ta’mirlanadi.
Shu munosabat bilan tumandagi “Nanay”, “Bog‘iston”, “Boladala” MFY hududlariga “Burchmullo” mahallasi orqali boriladi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling