O‘zbekiston hududiga 10−12 sentabr kunlari Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi, deya xabar qilmoqda «O‘zgidromet».
10−12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20−23 metr/sekundga yetishi mumkin.
11 sentabrga shamol tezligining taqsimlanishi xaritasi. Foto: O‘zgidromet.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 metrdan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
11−12 sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari +10…+13 darajagacha, kunduz kunlari +25…+28 darajagacha pasayadi.