«Kelajakda dunyoda qanday siyosiy-iqtisodiy tartib hukmron bo‘lishini hech kim bashorat qilolmayapti» — Tanzila Narbayeva

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Narbayeva pandemiya va jahondagi geosisyosiy vaziyat tufayli kelajak qanday bo‘lishini bashorat qilib bo‘lmayotganini ta’kidladi.

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar

Avgust oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shuningdek, keyingi 12 oyda valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport narxlari qimmatlashishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi kabi omillar narxlar oshishiga ta’sir etishi mumkinligi ta’kidlandi.

Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida 60 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Yaqinda 100 dan ortiq daraxt shikastlangan Chilonzor ko‘chasida bir kechaning o‘zidayoq 58 tup daraxt kesib tashlandi. Har ikki voqea tuman prokuraturasi yaqinida sodir etildi. Birinchi holatdan so‘ng tuman hokimi va prokuror ishdan olindi. Tuman hokimligi ertalab kesilgan daraxtlar o‘rniga 69 tup ko‘chat ekdi.

Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanida 58 tup daraxtni kesib tashlab, tabiatga qariyb 800 mln so‘mlik zarar yetkazgani uchun Dream House Stroy kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Avvalroq, mazkur hodisa Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida, tungi vaqtda sodir etilgani haqida yozgandik.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi investitsiya kompaniyasiga aylantirildi

Prezident farmoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi MCHJ boshqaruv shaklidagi investitsion kompaniyaga aylantirildi. Kuzatuv kengashiga investitsiyalar va tashqi savdo vaziri raislik qiladi.

Toshkent hayvonot bog‘i 57 ta timsoh bolasining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Avgust oxirida aeroportdan noqonuniy tarzda plastmassa idishda olib o‘tishga urinilgan 57 ta timsoh bolasining sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazilgan, deya ma’lum qildi Toshkent hayvonot bog‘i. Hozirda ular go‘sht, baliq bilan boqilmoqda, ularning bo‘yi va vazni o‘lchab ko‘rildi.

Tijorat banklari 8 sentabr holatiga ko‘ra yangilangan dollar kursini e’lon qildi

O‘zbekiston Markaziy banki 8 sentabr kuni o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 997,61 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari ham o‘zlarining dollarni sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.

Ovoz uchun pul to‘lash, bepul ichimliklar tarqatish va boshqalar — Open budjet loyihalari uchun ovoz yig‘ish qanday ketmoqda?

«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 17 sentabrda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalari uchun ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, tekinga ichimlik ulashilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda ovoz yig‘ib beruvchilar ommalashdi. «Gazeta.uz» ulardan bir nechtasini jamladi.

Chinoz NQIZni xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Chinoz neftni qayta ishlash zavodi» ustav kapitalidagi 100 foizlik davlat ulushi sotilayotganini e’lon qilgandi. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Mosaic Financial kompaniyasi tanlab olindi.

«O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi

Tarmoqlarda 7-sinf «O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov to‘g‘risida ma’lumot kiritilgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Vaziyatga darslik mualliflari jamoasi tushuntirish berishicha, tadbirkor haqidagi matn «o‘qib tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish uchun autentik material sifatida tanlangan».

«SHHT G‘arbga qarshi tashkil etilmagan» — O‘zbekistonning tashkilotdagi milliy koordinatori

SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibida global geosiyosiy inqirozlar haqida biror gap yo‘q va uning hujjatlarida geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi masalalar yuzasidan bayonot va chaqiruvlar bo‘lmaydi, dedi O‘zbekistonning SHHTdagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.

Jizzaxda er xotinini armatura bilan urib o‘ldirgani aytilmoqda

G‘allaorol tumanida er o‘zaro gap talashib janjal yuzaga kelishi oqibatida xotinining boshiga armatura bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda.

«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi

Yangi maktab darsliklari mualliflari darsliklarning mazmun-mohiyati va sifati haqida «asossiz xabarlar» tarqalayotgani sababli prezidentga murojaat qilishdi. Unda darsliklarni ekspertizadan o‘tkazilishiga qarshi emasliklari, biroq bahoni biznes manfaatlari bo‘lganlar bermasligi kerakligini ta’kidlashdi.

Nanaydagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 1 oktabrgacha yopildi

1 oktabrga qadar Bo‘stonliqning «Nanay» mahallasi hududiga olib boruvchi ko‘prik ta’mirlash sabab yopiladi. Ungacha tumandagi «Nanay», «Bog‘iston», «Boladala» mahallalariga «Burchmullo» orqali boriladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Yotoqxonadan joy berishmasa, farzandimni uyga olib ketaman». Minglab talabalar o‘zlarini boshpanasiz his qilishmoqda

«Gazeta.uz» yangi o‘quv yilining ilk kunida «Talabalar shaharchasi» dan fotoreportaj tayyorladi. Suhbat chog‘ida talabalar va ularning ota-onalari birinchi kundanoq nohush kayfiyat va chorasizlikdan boshlangani, oliygoh yotoqxonasiga joylashishdagi qiyinchiliklar va ijaraga uy olish qimmatga tushishini aytishmoqda.

Dmitriy Kuleba — O‘zbekiston va Ukraina munosabatlari haqida

«Biz hozir ham, hatto hozirgi sharoitda ham munosabatlarni imkon qadar rivojlantirishga tayyormiz, chunki urush — urush, lekin hayot to‘xtab qolgani yo‘q va biz oldinga intilishimiz, birgalikda nima qilishimiz mumkinligini izlashimiz kerak», — dedi Ukraina TIV rahbari O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida.