«Jizzax akkumulyator zavodi» (JAZ) AJ tayyor mahsulotlarni Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida sotish buyicha dilerlikka tanlov e’lon qildi. Xizmatlar mazmuni — ushbu viloyatlarda bir yilda 200 ming dona JAZ akkumulyator batareyalarni sotib berish majburiyatini olish kerak.
Tanlov takliflarini yuborish tartibi:
- tijorat takliflar 10 sentabrdan 20 sentabrgacha qabul qilinadi;
- taklif tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan va tashkilotning asl muhri bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Takliflarni taqdim etish joyi — Jizzax, «A» sanoat hududi, JAZ AJ.
Takliflarni soat 8:00 dan 17:00 gacha dushanbadan jumagacha yuborish mumkin.
Telefon: (+998) 97−794−58−54.
Pochta indeksi: 100130.
Dilerga qo‘yilgan talablar
Infrastruktura bo‘yicha:
- ombor — mintaqaviy distribyutorlar uchun zaxira maydoni (yillik sotish rejasidan eng kamida 8 foiz miqdorda zaxira ombori);
- xizmat muddati o‘tib bo‘lgan mahsulotlarni saqlash hududi qonuniy talablarga muvofiq bulishi kerak;
- chakana sotuvchilarga mahsulotlarni yetkazib berish vositalari — avtomobillar va avtoturargoh.
Boshqaruv tashkiloti bo‘yicha:
- kamida uch yil akkumulyator biznesida yoki nufuzli kompaniyalarning dilerligi — moylash materiallari, shinalar, avtomobil ehtiyot qismlarini tarqatishda faoliyat yuritgan bo‘lishi kerak;
- avtomobil ehtiyot qismlari savdo hajmi umumiy biznes hajmining 75 foizdan kam bo‘lmasligi kerak;
- mintaqaviy marshrut tizimi — har bir vakil uchun marshrutni boshqarish tizimi va muayyan vaqtda tashrif buyurish uchun umumiy hudud;
- chakana sotuvchilar — hududlardagi savdo nuqtalari.
Moliyaviy holat bo‘yicha:
- balans forma 1−2, kredit tarixi;
- buyurtmalar uchun oldindan 100 foizli to‘lov;
- oylik va yillik sotish hajmlari JAZ ma’muriyati bilan kelishiladi;
- kamida bir yillik biznes-reja;
- 30 kunlik xarid davriga asoslangan biznesni yuritish uchun yetarli kapital.
Funksional imkoniyatlar bo‘yicha:
- texnik jihozlar va ma’lum joy — batareyani zaryadlash va batareyani sinovdan o‘tkazish asboblari;
- malaka oshirish — JAZ texnik o‘quv markazi;
- FIFO.
Brendlash va marketing shartlari bo‘yicha:
- JAZ korporativ identifikatsiya va brending kitobi;
- biznesni rivojlantirish budjeti;
- budjetni boshqarish va taqsimlashni rag‘batlantirish;
- JAZ marketing bilan aloqasi;
- mijozlarning ehtiyojini qondirish uchun chakana savdo tarmog‘ini boshqarish, mexanizatsiyalash, brending, FIFO, texnik ehtiyojlar va kafolat.
Texnik jixozlar bo‘yicha:
- batareyaning holatini baholash uchun qurilma Midtronics-600 yoki ekvivalenti;
- qisqich o‘lchagich — Kyoritsu 2004;
- batareya zaryadlovchining nominal kuchlanishi — 12 V, zaryadlash kuchlanishi — 14,4−15,2 V, minimal oqimi — 2 A, maksimal oqimi — 25A.
Reklama huquqlari asosida.