12 sentabr kuni Xiva shahrining barcha mahalla va Xiva tumanining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi «Hududgaz Xorazm» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2022−2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida «Xiva-2» gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 12 sentabr kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha Xiva shahrining barcha mahallalari va Xiva tumanining Doston, Gulshan, Avaz Dunak, Pola Sulton, Pona Maqsim, Otajon To‘ra, Gandimiyon mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.