Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari

Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining $336 mln mablag‘larini musodara qildi. Qo‘shimcha $350 mln mablag‘larni musodara qilish masalasi ko‘rilmoqda. Boshqa davlatlardagi aktivlarning umumiy hajmi 14,3‬ trln so‘mga teng. Bu mablag‘larga 1400 tadan ortiq maktab qursa bo‘ladi.

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida

Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.

SHHT sammiti delegatlaridan kovidga qarshi PZR-testi olinadi — SSV

Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun «1303» qisqa raqamli Sall-markaz ishga tushirildi, mehmonlarga 50 ta tibbiy brigada xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, chet ellik rasmiy delegatlar mehmonxonalarga joylashishidan oldin kovidga qarshi PZR-test topshiradi.

Yagona portal orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ruxsatnoma berish boshlandi

YAIDXPda avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Elektron ishonchnoma uchun davlat boji mos ravishda 1 oygacha 90 ming so‘m, 6 oygacha 450 ming so‘m, 3 yilgacha 900 ming so‘m miqdorida undiriladi.

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi

Senat yalpi majlisida senator chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ikki dori mavjud ehtiyojning 50 foizini ham qamrab olmayotganini tanqid qildi. SSV rahbari o‘rinbosari u keltirgan raqamlarga shubha bilan qaradi. Senat raisi Tanzila Narbayeva unga tanbeh berib, raqamlar tahlil asosida tayyorlanganini aytdi.

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

XTV topshirig‘i bilan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi. Buning uchun oliy malaka toifasini saqlab kelgan pedagog 15 yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina TIVdan hibsga olingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainada jang qilgani aytilayotgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video tarqalgach, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi «batafsil va ishonchli ma’lumot» olish uchun mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.

Senat tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonunni rad etdi

Senatorlar yalpi majlisda tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonun rad etdi. Unda migrantlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatorida bo‘lishi va ularni soliqqa tortish qayd etilgan. Qonunning biror moddasida esa fuqarolarni kasb yoki chet tillariga o‘qitish kiritilmagan, deya qayd etdi Senat.

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank dollar kursini so‘mga nisbatan qiymatini pastlagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangilangan narxlarda taklif qildi.

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Ohangaron shossesida sog‘ligi yomonlashgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi daraxtga urildi. U voqea joyida vafot etdi.

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat

Deputat Rasul Kusherbayev tadbirkorlarga ajratilgan hududlardagi devorlar bilan o‘ralgan 5 mingta daraxt kesilish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi. U moratoriyga rioya etilmayotgani bois hokimlarning bunday yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorlarini bekor qilishga chaqirdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotoreportajlar:

Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmati ishga tushdi

Taxi Airports Tashkent kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Boshqa taksilar (Yandex, Mytaxi haydovchilari) esa faqat avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishlari mumkin. Rekonstruksiyadan so‘ng uchta avtoturargoh ham ishga tushdi. Tariflar va narxlar.

Talabalar Tashkent Index kompleksida o‘quv yili yakunigacha yashaydi — fotoreportaj

Yangihayot tumanidagi Tashkent Index majmuasida 10 ming talaba uchun vaqtinchalik yotoqxona hozirlanmoqda, ehtiyojga qarab joy 20 mingtagacha ko‘paytiriladi. Bu yerda oshxona, hammom va kir yuvish xonalari ham tashkil etilyapti. Ijara narxi, transport masalasi va qachon ko‘chib o‘tilishi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.