Xalq ta’limi vazirligining 12 sentabrdagi topshiriq xatiga binoan oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlar majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, oliy malaka toifasiga ega bo‘lgandan so‘ng pedagog uni 15 yil davomida saqlab kelgan bo‘lishi, shuningdek, uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, xatda 2022 yilning 2 avgustiga qadar 15 yil yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ushbu o‘zgarishlar tatbiq etilmasligi belgilab berilgan.

Bundan tashqari, oliy malaka toifasi umrbod saqlanib qolingan holda tarifikatsiya qilinishi ham keltirilgan.

O‘z navbatida, magistr darajasiga ega kadrlarning malaka darajasi avtomatik ravishda ikkinchi toifa etib belgilanishi bo‘yicha ham ko‘rsatma berilgan.