SHHT sammitiga oid yangiliklar

Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov ham Samarqandga keldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Ikki prezidentni ham bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga keldi. Mazkur mehmonni ham Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasi bo‘yicha bitim imzoladi

«O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘llar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Loyiha qariyb 20 yil davomida muhokama qilingan.

Eron SHHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Samarqandda SHHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum qabul qilindi. Hujjatga mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va tashkilot bosh kotibi Chjan Ming imzo chekdi.

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi

Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.

O‘zbekiston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirishga kelishib oldi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Dastlab u Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, so‘ngra Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Unda Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish va savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazdi

Samarqanddagi SHHT sammitida qatnashish uchun Belarus prezidenti ham yetib keldi. Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko muzokaralar vaqtida sheriklikni izchil kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashdi. O‘zbekiston tomoni ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif qildi.

O‘zbekiston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirishga kelishib oldi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Dastlab u Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, so‘ngra Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Unda Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish va savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Yavan GES qurilishi boshlanganining ahamiyatini qayd etdi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari mamlakat va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Mahalliy yangiliklar

Noqonuniy taksichilar provakatsiya uyushtirishmoqda — Uzbekistan Airports

Toshkent xalqaro aeroportida rasmiy taksi ishga tushirilgach, noqonuniy taksichilar bir necha provokatsiya uyushtirishdi. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva noqonuniy taksilar yo‘lovchilar uchun tahdid ekanini ta’kidladi. Uning tan olishicha, «bombil»lar bir kunlik masala emas va u yolg‘iz hal qilinmaydi.

7 dona itolg‘i qushlari yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari avvalroq noqonuniy sotilishidan saqlab qolingan 7 dona itolg‘i (Falco cherrug) qushlarini yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.

Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

«Rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv». Alisher Qodirov tilla nishon bo‘yicha izoh berdi

Tarmoqlarda «Milliy tiklanish» partiyasi 585 probali sof oltindan yasalgan ko‘krak nishoni yasatgani haqida xabarlar tarqaldi. Partiya raisi Alisher Qodirovning izoh berishicha, tilla nishon mahalliy deputatlarni rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv. Nishon 2 mln so‘mga homiylik mablag‘i hisobidan yasatilgan.

O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlari soni 46 taga yetdi

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, «BEELAB» MCHJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Tijorat banklari 15 sentabr uchun belgilangan dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank 15 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 14,91 so‘mga pastlab 10 925,14 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng tijorat banklari dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Tadbirkorlarga kafillik berish imkoniyatlari ikki baravarga oshiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga kredit olish uchun davlat tomonidan kafillik berish imkoniyati oshiriladi. Shuningdek, kredit to‘lovi uchun garov ta’minoti shartlari xam o‘zgaradi. Bu bo‘yicha regulyator va tegishli vazirliklar oktabrgacha reja xujjatlarini taqdim etishi kerak.

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali tashkil etildi.

Banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochishni qiyinlashtira boshladi

O‘zbekistondagi ayrim banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochish bo‘yicha yangi talablarni joriy qildi. Endi hisobraqam ochish uchun ulardan 15 kun ichida doimiy ravishda mamlakat hududida bo‘lishi, talaba maqomini tasdiqlovchi yoki rasmiy ishga joylashganlik to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishi talab etiladi.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatlar «Yagona darcha» portali orqali yuboriladi. Tegishli organ 2 kunda joyiga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qiladi va hujjatlarni tekshiruvda ishtirok etmagan xolis xodimga topshiradi.

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri sifatida Izboskan tumani qayd etildi.

Toshkentda 100 mlrd so‘mdan ortiq tenderlar noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi

Toshkent shahrida 107,12 mlrd so‘mlik tender savdolari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar orasida Olmazor tuman hokimligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», «Uzbekistan Airways Technics», Ko‘zi ojizlar maktab-internati va boshqalar bor.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Millionlab eman ekishim mumkin». Odamlar nima uchun eman yong‘oqchalarini yig‘ishadi?

Har yil avgust oyi o‘rtalarida eman o‘sgan yashil hudud va ko‘chalarda ushbu daraxt yong‘oqchalarini terayotgan odamlarga ko‘zimiz tushadi. Bir kunda bir kishi yong‘oqchalardan bir necha qop terishi mumkin. «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam odamlar nima uchun bu yong‘oqchalarni yig‘ishi va uni nima qilishlari bilan qiziqdi.