Dam olish kunlari qulay ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev — SHHT sammiti ishtirokchilariga: «Birgalikda tashkilotni yangi marralarga olib chiqishga qodirmiz»

Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari tor doirada muhokamalar o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida imzolash uchun 40 dan ortiq hujjat tayyorlanganini qayd etdi. «Biz birgalikda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida tashkilotni yangi marralarga olib chiqishga qodirmiz», — dedi u.

Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasida gapirdi. Xususan, Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni Termizda — u yerdagi transport-logistika xabidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etishni taklif qildi.

O‘zbekiston xavfsizlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini ilgari surdi

O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida so‘zlagan nutqida Samarqand birdamlik tashabbusini e’lon qildi. «Undan maqsad — umumiy kelajagimizga befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramay kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor bo‘lgan barchani global muloqotga jalb qilishdir» — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.

O‘zbekistonning SHHT sammitidagi takliflari: iqtisodiy hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash

O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida yangi iqtisodiy muloqotini boshlashni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek birinchi transport forumini o‘tkazishni taklif qildi.

16 sentabr uchun tijorat banklari taklif qilayotgan dollar kurslari

Markaziy bank 16 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 24,94 so‘mga yuqorilab 10 950,08 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng tijorat banklari dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

«Lokomotiv» futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 5 yilga futboldan chetlatildi

«Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va erkin agent Yevgeniy Kochnev 2 gruziyalik bilan kelishib, totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun O‘FA ikki futbolchini o‘yinlardan 5 va 3 yilga chetlashtirdi. Ular jarima ham to‘laydi.

Farg‘onada 30 nafarga yaqin bog‘cha tarbiyalanuvchilari kasalxonaga yotqizildi

Tarmoqlarda Oltiariq tumanida 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi 8 nafar bolada alimentar diareya aniqlanib, kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Boshqa bolalarda kasallik alomatlari aniqlanmagan, biroq 20 nafari shifoxonada kuzatuv ostida qolmoqda.

Samolyotdagi nosozlik sabab Frankfurtda qolgan yo‘lovchilarni olib kelish uchun qo‘shimcha qatnov qo‘yildi

Havo kemasidagi nosozlik tufayli Frankfurt — Toshkent reysi bekor qilinib, yo‘lovchilar Frankfurtdagi mehmonxonaga joylashtirilgandi. Ularni qaytarib olib kelish uchun 16 sentabr kuni qo‘shimcha qatnov joriy etildi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilariga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ombudsman Andijonda besh yigit tergov vaqtida qiynoqqa solingani aytilgan holatni o‘z nazoratiga oldi

Andijonda 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani va tergov jarayonlarida ular qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda. Ayblanuvchilarning yaqinlari ularni 8−10 yillab ozodlikdan mahrum qilishmoqchiligi, tergov vaqtida esa kaltaklaganini qayd etishdi. Ombudsman vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

«O‘zGASHKLITI» instituti xususiylashtirildi

Qurilish, geoinformatika va shaharsozlik kadastri davlat loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zGASHKLITI) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi sotildi. Savdo g‘olibi SG ENGINEERING AND DEVELOPMENT MCHJ bo‘ldi.

Foto: SHHT sammitida qatnashuvchi davlatlar yetakchilari «Boqiy shahar»da sayr qilishdi

Samarqandga kelgan davlat rahbarlari SHHT doirasida «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi. Keyin «Boqiy shahar» majmuasida O‘zbekiston prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi. Kun yakunida mushakbozlik uyushtirildi (foto).

Qishloqlardagi 600 nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi

USAID O‘zbekistonda qishloq hududlaridagi ayollar uchun tadbirkorlik o‘quv dasturini boshladi. Ushbu tashabbus doirasida 600 nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p

Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi darsliklar muloqot ko‘nikmasi, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni rivojlantirishga qaratilgan.