«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuq go‘shtidan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari
Bu taom uchun sabzavotlarni ham o‘z ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin.
Qovoq bilan pishirilgan tovuq
Qovoq bilan iloji bo‘lsa tovuqning soni yoki boldirlaridan, xantalning esa fransuzcha donadoridan foydalangan ma’qul.
Gaz pechida tayyorlangan tovuq sonlari va grechka
Bu taomda tovuq oyoqchalari grechka va sabzavotlar bilan bir idishda o‘z ta’mini uyg‘unlashtirgan holda maza qilib pishadi.
Sabzavotlar bilan cho‘pchalarda pishirilgan tovuq
Tovuq go‘shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat ko‘rada, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin.
Qaymoqli qaylaga ega tovuq
Yorqin cherry pomidorlari va ko‘katlar bilan pishirilgan qaymoqli qaylaga ega tovuq — bu taom nafaqat tashqi qiyofasi, ta’mi, balki tayyorlanishining qulayligi bilan ham sizni xursand qiladi.
Asal va soya bilan marinadlangan tovuq qanotchalari
Soya qaylasi, asal, sarimsoqpiyoz va limon sharbati ta’mlari uyg‘unlashuvi ushbu taomni yanada mazali qiladi.
Tovuqli shaurma
Pechda taxta tayoqchalari ustida pishirilgan tovuq go‘shtidan shaurma.
Pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi
Mayin va sersuv tovuq filesi, pomidor, rayhon, motsarella pishlog‘i — turli garnir uchun ajoyib qo‘shimcha.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15