Toshkent shahrining Olmazor tumanida fuqaro yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun 63 ta ma’muriy jarima uchun 50 mln so‘m to‘ladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.
Keltirilishicha, fuqaro A.A. ga yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani sabab yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 63 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Buning hisobiga undan 50 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirish belgilangan.
Qaror ijrosini ta’minlash uchun tumanning MIB xodimlari qarzdor fuqaroning Cobalt rusumli mashinasini xatlab olib, 63 ta jarima uchun 50 mln so‘m miqdoridagi pulni to‘liq undirib oldi va ijro ishi qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.