Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Sultanbekov Otabek Sabirovich tayinlandi. Bu haqda hokimlik matubot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar u Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Otabek Sultanbekov 1986 yilda Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti — oliy. 2013 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.