Mareven Food Holdings Vetnam-Yaponiya xalqaro xoldingi «Angren» erkin iqtisodiy zonasida yirik ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish niyatida, deb xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati. Tegishli memorandum tomonlar tomonidan 27 sentabr kuni imzolangan.

Loyiha bir necha bosqichda bajariladi. Bunda ishlab chiqarishni ishga tushirishning birinchi bosqichi 2023 yilga, yakuniy qismi 2031 yilga mo‘ljallangan.

«Ular bizni tanladi, biz investorlarni rad etmaymiz. Ularga bizning zonamiz, Toshkentga yaqin bo‘lgani uchun ham yoqdi. Korxona 30−40 gektar maydonni egallashi rejalashtirilgan, ammo bu yakuniy ko‘rsatkich emas. Hozirda investitsiyalar hajmi 125 mln dollarni tashkil etadi», — deya «Angren» EIZ «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Investor mahsulotning 50 foizdan ortig‘i ichki bozorga, qolgani esa eng yaqin davlatlarga eksport qilinishini kutmoqda. Tez tayyorlanadigan lapshadan tashqari, makaron mahsulotlari, ichimliklar, konserva va souslar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Yakuniy bosqichda kompaniya 800 dan ortiq ishchilarni jalb etish niyatida. EIZ shartlariga ko‘ra, xodimlarning kamida 90 foizi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi kerak.