Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 2022/2023 yillarda issiqlik mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi.
«Veolia Energy Tashkent» MCHJ tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 so‘m/Gkal miqdorida belgilandi. Qarorga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagilar uchun 2019 yil 15 avgustdan amalda bo‘lgan narxlarda qoladi:
- aholi uchun — 91 960 so‘m/Gkal;
- kichik, o‘rta va yirik biznes uchun — 141 737 so‘m/Gkal.
Shuningdek, budjet tashkilotlari uchun chakana tarif — 502 067 so‘m/Gkalni tashkil qiladi. Ushbu narxlar e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022 yil 21 oktabrda kuchga kiradi.
Bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalanadi.
Ushbu subsidiyalar va iste’molchilardan issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘lar hamda «Veolia Energy Tashkent» MCHJning o‘zinining sarflangan mablag‘lari hisobidan:
- issiqlik ta’minoti tizimlarini rejali modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish;
- Sergeli va Bektemir tumanlarida pilot loyihani amalga oshirish;
- issiqlik ta’minotining yopiq tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishni amalga oshirish, bu esa kelajakda issiqlik ishlab chiqarish uchun energiya resurslarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyuldan Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia Energy Tashkent kompaniyasi boshqaruviga o‘tgandi. Tashkilot 30 yil davomida ushbu tizimni boshqarib, gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘mni iqtisod qilish hamda issiqlik yo‘qolishini 44 foizdan 20 foizgacha pasaytirishga ko‘maklashadi.