Uzbekistan Airways «Qish-2022» jadvaliga o‘tish munosabati bilan mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda:
- Urganch — Milan — Toshkent,
- Urganch — Rim — Toshkent,
- Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilmoqda.
Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan yozgi parvozlar jadvaliga ko‘ra oktabr oyi oxirigacha bo‘ladi.
- Urganch — Rim — Toshkent haftada bir marta — seshanba kunlari (25 oktabrgacha);
- Urganch — Milan — Toshkent haftada bir marta — juma kunlari (28 oktabrgacha);
- Toshkent — Parij — Toshkent haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari (28 oktabrgacha).