2022 yil 1-noyabrdan Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent — Kuala-Lumpur — Toshkent qatnovlari haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Seshanba kunlari:
- Toshkentdan uchib ketish: 23:55 (Toshkent vaqti bilan) seshanba kuni.
- Kuala-Lumpurga yetib borish: 10:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni.
- Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 12:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni.
- Toshkentga yetib borish: 17:00 (Toshkent vaqti bilan) chorshanba kuni.
Juma kunlari:
- Toshkentdan uchib ketish: 23:00 (Toshkent vaqti bilan) juma kuni.
- Kuala-Lumpurga yetib borish: 9:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni.
- Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 11:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni.
- Toshkentga yetib borish: 16:00 (Toshkent vaqti bilan) shanba kuni.