Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Prezident Administratsiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov hamda rais o‘rinbosari Islombek Boqijonov lavozimidan ozod etildi.

Uchta viloyatda kimyo texnoparklari tashkil etiladi

Prezident qarori bilan mahalliy mineral xomashyolarni chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun Navoiy, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda kimyo texnoparklari tashkil etiladi. Sohaga mahalliy va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsad qilingan.

O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan yo‘qolgan 100 dan ortiq, umumiy qiymati 2,6 mlrd so‘mga teng noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi (ayol kishi) 5 yilga qamaldi, qolaversa, 2 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlashi taqiqlandi.

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Bahrayndagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Humo Arena`da o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatinig 6 kunida -100 kg vazn toifasidagi bellashuvda Muzaffarbek To‘raboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan O‘zbekiston hisobiga ikkita oltin medal yozib qo‘yildi. Shavkat Mirziyoyev sportchini g‘alaba bilan tabrikladi.

O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi

10 oktabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi. Bu orqali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni 142 taga yetdi.

Qizlarning STEM va IT sohalarida o‘qishiga investitsiya kiritish juda muhim — YUNISEF

O‘zbekiston va butun MOda salbiy me’yorlar va gender stereotiplar tufayli qizlar STEM va IT sohalarida o‘qishda kam ishtirok etyapti yoki umuman bundan chetda qolyapti, deyiladi YUNISEF bayonotida. Tashkilot sohadagi gender tafovutni kamaytirish va imkoniyatlarni kengaytirishga sarmoya kiritishga chaqirdi.

«Endi shu bilan yashashni ayting». BMW haydovchisi ikki kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan avariya haqida

Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida ikki kishining o‘limi bilan bog‘liq avariyaga sababchi bo‘lgan BMW haydovchisi voqea haqida so‘zlab berdi. Biroq telekanallarda efirga uzatilgan intervyuda u katta tezlikda harakatlangani va xavfli «manyovr»lar qilgani haqida biror so‘z aytmadi.

Jahon bojxona tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Belgiyada Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, tashkilotning hududiy markazlarida Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari uchun muntazam amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish kabi takliflarni ilgari surdi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi

Ukraina shaharlariga raketa hujumlari kuchaygani ortidan O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarni Ukrainani tark etishga va bu mamlakatga safar qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Qamchiq dovonida VOLVO ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Qamchiq dovonida VOLVO rusumli yuk mashinasi xaydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 2 ta Isuzu`ga borib urildi. Yuk mashinalarining birida yong‘in chiqdi. FVV xodimlari va qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlangan 3 nafar haydovchini shifoxonaga yubordi.

Samarqand va Toshkentda qariyb 2,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

Samarqand viloyatida jami 1,9 mlrd so‘m, Toshkent shahrida esa 400 mln so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari talon-toroj qilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilar — bank xodimlari va fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shaharsozlik normalari va qoidalari har 3−4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

Hukumat qarori bilan 1 yanvardan shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3−4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi. Qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Toshkent ramzlariga chizgilar: Chorsudagi «ovqat bozori»

Chorsudagi «ovqat bozori» — Toshkent haqidagi hikoyalarning eng asosiy syujetlaridan biri. Bu yerdagi eski shahar muhiti mahalliy oshpazlar bilan chambarchas bog‘liq, ularning aksariyati bir necha o‘n yillardan buyon shu joyda mehnat qilmoqda. «Gazeta.uz» Toshkentning asosiy ramzlaridan biri haqida hikoya qiladi.

Toshkentda jamoat transporti brutto-shartnomalarga o‘tkazilmoqda. Bu nima degani?

Transport vazirligi jamoat transportini yangi modelga o‘tkazish bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda, bunda shahar yo‘lovchi tashuvchiga xizmatlar sifati uchun haq to‘laydi. U ishga tushirilishi bilan Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun yo‘laklar joriy qilinadi. Mutaxassis Murod Obidov bu nima uchun zarurligini tushuntirdi.

sentabrda ishga tushishi aytilgan G‘afur G‘ulom bog‘i hanuz ochilishga tayyor emas

Avvaliga shu yilning yoz faslida, keyinchalik esa 1 sentabrda ochilishi aytilgan G‘afur G‘ulom bog‘i hanuz foydalanishga tayyor emas. Parkni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management kompaniyasi vakili esa aniq qaysi sanada ochilishini ham ayta olmadi. «Gazeta.uz» ish jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.

Chekinishga haqqimiz yo‘q

1990 yillarda filologiya fanlari nomzodi M. Mirtojiyev shunday deb yozgandi: «O‘zbek tilida o‘qitiladigan chet institutlari va fakultetlarida o‘zbek tili fan sifatida o‘qitilmaydi. Bunda chet tilini unga qiyosan o‘rganish manfaatliroq ekanligi hisobga olinmadi. Axir odamlar ona tili bazasida mushohada qiladi».